Finalda 18 ta gol urgan BMB - O‘zbekiston kubogiga ega chiqdi

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari nihoyasiga etdi.

Tecno

Turnirning final uchrashuvida BMB hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Bir jamoaning katta ustunligi ostida kechgan bahsda "za’faronchilar" 18:3 hisobida zafar quchdi.

Gollarga nominal mezbonlar tarkibida Hebbert Bolt, Fernandino (poker), Husniddin Nishonov (dubl), Akbar Usmonov (poker), Muzaffar Ahadjonov (dubl), Doniyor Tohirov, Dilmurod Shavkatov (dubl), Mashrab Odilov hamda Abbos Elmurodov mualliflik qildi. Bunga "temiryo‘lchilar" Boburbek Ergashev, Burxoniddin Sodiqov va Ilyos Mallaev javob qaytardi.

Shu tariqa, Nodir Eliboev shogirdlari "oltin dubl" qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa bir necha kun oldin Oliy liga chempionligini ham tantana qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!