Finalda javobsiz 4 ta gol urgan "Barselona" mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi!

  • 18 aprel, 2021, 02:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Kubogi final uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda "Barselona" "Atletik"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

O‘yindagi barcha gollar ikkinchi taymda kiritildi. Kataloniyaliklar etakchisi Leo Messi dubl qayd etgan bo‘lsa, Antuan Grizmann va Frenki De Yong jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" joriy mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba "Barsa" tarixiga 31-sovrin sifatida kirdi.

"Atletik" - "Barselona 0:4

90+2. Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" Ispaniya Kubogi sohibi!

90. Asosiy vaqtga 2 daqiqa qo‘shib berildi.

88. O‘yin so‘ngini kataloniyaliklar to‘p nazorati bilan o‘tkazmoqda.

86. Grizmanning goli o‘yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi.

84. Raul Garsiyaning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

82. Nominal mezbonlar burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.

80. So‘nggi daqiqalarda "Atletik" futbolchilari biroz faollashib qoldi. Biroq enli kech bo‘lishi mumkin

77. Jarima maydoniga yaqin hududda Pike raqibiga nisbatan qoida buzdi. Yaxshi standart vaziyayat.

75. Bilbaoliklar yana bir burchak to‘pidan naf chiqara olmadi.

74. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni De Yong maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. "Atletik"da burchak zarbasi.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Messi dublni nishonladi!

Albaning uzatmasidan keyin Messi darvozabonni ojiz qoldirdi.

70. 3 ta to‘p o‘tkazib yuborgan "Atletik" o‘yinni tashlab yubordi.

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kataloniyaliklar hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi!

Jarima maydoni ichida bir raqibini aldab o‘tgan Messi darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

68. Jarima maydoni tashqarisidan berilgan zarbani Ter-Shtegen egallab oldi.

66. "Atletik" futbolchisining burchakdan etkazib bergan to‘pini Ter-Shtegen birinchi urinishda ushlay olmadi. Biroq keyin darvozabon to‘pga ega chiqdi.

65. Mikel Vesganing zarbasidan keyin raqib futbolchisi to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi.

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Barsa" darhol hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi!

Albaning jarima maydoni markaziga etkazib bergan to‘pini De Yong boshi bilan darvozaga to‘g‘irlab yubordi.

62. Hisobda ortda qola boshlagan bilbaoliklar nima qilishini bilmay qoldi. Ular "Barsa"ning bosimiga dosh bera olmayapti.

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Uchrashuvda hisob ochildi!

De Yong o‘ng qanotdan etkazib bergan to‘pni Grizmann darvozaga kiritdi.

59. Raqibining tezkor qarshi hujumini Oskar Mingesa to‘g‘ri pozitsiya tanlash evaziga to‘xtatdi.

58. Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashda Uilyamsga nisbatan Pedri qoida buzdi. Hakam xushtak chaldi.

55. Nominal mezbonlarning kamsonli hujumlaridan navbatdagisi noaniq pas tufayli o‘z yakuniga etmay qoldi.

53. "Barsa" ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirishda davom etmoqda. Bu safar Busketsning 5 metr masofadan bergan zarbasini Simon qaytardi.

52. Pedrining aniq o‘arbasidan keyin to‘pni darvozabon qaytardi.

50. Messining standartdan jarima maydoniga uzatgan to‘pini Simon ushlab oldi.

48. Grizmann yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi. Takroriy urinish noaniq ketdi. "Barsa" o‘ta qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.

46. Bo‘limlar oralig‘ida "Atletik" safida o‘zgarish: Iker Munyain o‘rniga Inigo Lekue maydonga tushdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz!

45+1. Dastlabki 45 daqiqalikda hisob ochilmadi. Tanaffus!

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi.

44. Jarima maydoni ichida to‘p bilbaoliklar futbolchisining qo‘liga tegdi. Hakam vaziyatni tabiiy deya baholadi va o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi.

43. "Atletik" himoyachilari katta qiyinchilik bilan raqib hujumlarini bartaraf etmoqda.

41. O‘ng qanotdan Iniaki Uilyams oshirgan to‘pni Ter-Shtegen ushlab oldi.

40. Messining jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devordagilardan o‘tmadi.

38. Jarima maydoniga yaqin hududda Garsiya raqibiga nisbatan jiddiy qo‘pollik ishlatdi. Hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi.

36. Hammasi joyida. Futbolchilar o‘yinni davom ettira oladi.

35. Dani Garsiya va Messi o‘zaro to‘qnashib ketdi. Leoga shifokorlar yordam ko‘rsatmoqda.

33. Nominal mehmonlar burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. "Atletik" darvozaboni erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritib beradi.

31. "Barsa" futbolchilariga raqib jarima maydoniga yorib kirish katta muammo tug‘dirmayapti. Ammo uni yakunlash qiyinchilik tug‘dirmoqda.

28. Raqibning xatosidan keyin to‘pni olib qo‘ygan bilbaoliklar hujumni keskinlashtira olmadi.

26. Leo Messining bu safargi urinishi ham darvozaga etib bormadi. Himoyachilar bugun haqiqiy qalqon bo‘lyapti.

25. "Barselona" tez-tez raqib jarima maydoniga yorib kirgan holda, sokinlikni buzmoqda.

23. O‘yin kataloniyaliklarning to‘liq ustunligi ostida davom etmoqda. Ular jarima maydoni yaqinida qisqa uzatmalar bilan raqibni ko‘proq yugurishga majbur qilyapti.

21. Messining o‘ng oyoqda bergan zarbasidan keyin Simon to‘pni ushlab oldi.

20. Grizmanning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi darvozaga qadar o‘tmadi.

19. Kuman shogirdlari pozitsion hujumlar bilan oldinga o‘tyapti. Raqib qarshiujumlarga tayanmoqda.

17. "Ko‘k-anorrranglilar" burchak to‘pidan unumli foydalana olmadi. "Atletik" himoyachilar yaxshi harakat qildi.

16. Albaning jarima maydoni ichidan bergan pasini raqib futbolchilari o‘tkazmadi.

14. Messining solo yurishini raqib himoyachilar ko‘pchilik bo‘lib to‘xtatdi.

12. Bilbaoliklarning ilk xavfli vaziyati standartdan keyin yuzaga keldi. Jarima maydoniga uzatilgan to‘pga Martines biroz noaniq zarba yo‘lladi.

10. Messining yaqin masofadan bergan zarbasi yo‘liga himoyachilar blok qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

9. Hujumda qoida buzgan Buskets jamoasi to‘p yo‘qotishiga sababchi bo‘lib qoldi.

7. Jarima maydoniga yorib kirgan Serjino Destning zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. "Barsa" hisobni ochishi mumkin edi. De Yongning zarbasidan keyin to‘p ustundan qaytdi.

4. Antuan Grizmann o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi.

3. Ilk daqiqalardan kataloniyaliklar faol o‘yin namoyish etmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

0. Futbolchilar maydonga chiqib keldi. Final bir necha daqiqalardan keyin start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!