Finalda "Yuventus"ga kimlar yordam berishi mumkin?

  • 17 iyun, 2020, 16:31
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" Italiya kubogining finalidan o‘rin olgan "Napoli"ga qarshi bahs uchun qaydnomani e’lon qildi.

"Milan"ga qarshi kechgan yarim finalning javob uchrashuvida jamoaga yordam berolmagan Jorjo Kellini, Merix Demiral, Aaron Remzi va Gonsalo Iguain tarkibga qaytgan.

Shunga qaramay, yuqorida keltirilgan to‘rttala futbolchi ham jarohatlaridan to‘liq sog‘ayishmagan va katta ehtimol bilan bugungi bahsda ham maydonga tushirilishmaydi.

Turinliklarning chempionlik bellashuvida qatnashishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing!

Darvozabonlar: Shesni, Pinsolo, Buffon;

Himoyachilar: Demiral, Kellini, De Shilo, de Ligt, Aleks Sandro, Danilo, Bonuchchi, Rugani;

Yarim himoyachilar: Remzi, Pyanich, Xedira, Matyuidi, Rabo, Bentankur, Muratore;

Hujumchilar: Ronaldu, Dibala, Duglas Kosta, Iguain, Kuadrado, Bernardeski, Oliveri, Vrioni, Zanimakya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!