Finaldagi mojaro qimmatga tushdi: Senegal va Marokash jazolandі
Yillar davomida esda qoladigan Afrika Millatlar Kubogi finalidan keyin vaziyatlar tinchigach, Afrika futbolini boshqaruvchi tashkilot yuzaga kelgan tartibsizliklar uchun jazolarni e’lon qildi.
Muxlislar bilan bog‘liq muammolar, futbolchilarning o‘ynashdan bosh tortishi, bahsli hakamlik qarorlari va urilmagan penalti Senegal g‘alaba qozoongan unutilmas uchrashuvdagi asosiy keskin mavzular bo‘ldi.
Payshanba kuni, ko‘pchilik kutganidek, Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) Teranga Sherlari (Senegal) va mag‘lub finalis Marokashga nisbatan bir qator jazolarni e’lon qildi. Ayrim futbolchilar va murabbiylar ham alohida jazolarga tortildi.
Final, ehtimol, eng ko‘p Senegal futbolchilarining o‘yinining asosiy vaqti yakunida Marokash foydasiga penalti belgilanganiga norozilik bildirib, maydonni tark etgani bilan esda qoladi.
Shundan so‘ng Senegal bosh murabbiyi Pape Tiav CAF tomonidan besh o‘yinlik diskvalifikatsiya qilindi va norozilikni boshqargani hamda "sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari" uchun 100 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.
CAF, shuningdek, uchrashuv yakunidagi tartibsizliklar vaqtida muxlislar politsiya bilan to‘qnashgani sababli Senegal futbol federatsiyasini (FSF) "muxlislarning no‘rin xatti-harakati" uchun 300 ming dollar jarimaga tortdi. Bundan tashqari, futbolchilar va murabbiylar shtabining xatti-harakatlari uchun yana 300 ming dollar, shuningdek, besh nafar futbolchi hakam tomonidan ogohlantirilgani uchun qo‘shimcha 15 ming dollar jarima solindi.
Senegal yulduzlari Ndiaye va Ismoil Sarr ham hakamga nisbatan qilgan harakatlari uchun ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya oldi.
Birorq bu diskvalifikatsiyalar Jahon chempionatiga taalluqli emas, chunki uni FIFA tashkil etadi. Jazolar faqat CAF rasmiy musobaqalarida amal qiladi.
CAF jazolarining asosiy qismi Senegal zimmasiga tushgan bo‘lsa-da, Marokash ham bir nechta sanktsiyalarga duch keldi.
Jamoa sardori Ashraf Hakimi finaldagi "sportga xos bo‘lmagan xatti-harakati" uchun ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya oldi, ulardan biri bir yil muddatga shartli ravishda to‘xtatildi. Uning jamoadoshi Ismoil Saybari esa uchta rasmiy CAF o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi va 100 ming dollar jarimaga tortildi.
Marokash futbol federatsiyasi ham jami 315 ming dollar jarima to‘ladi. Bu summa futbolchilar va murabbiylar shtabining xatti-harakatlari, shuningdek, muxlislarning final vaqtida futbolchilarni chalg‘itish uchun lazerlardan foydalangani uchun belgilandi. Jarima tarkibiga o‘yin davomida Senegal darvozabonining qo‘l sochini tortib olishga urinayotgan to‘p tashuvchi bolalarning yomon xulqi uchun ham jazo kiritildi.
CAF'ning ushbu qarori aksariyat jihatdan a’lo darajada o‘tgan, biroq yakuni murakkab bo‘lgan turnirga nuqta qo‘ydi. Bu holat Afrika futbolida hanuzgacha qarama-qarshi fikrlarni keltirib chiqarmoqda.
Fikrlar