Fiona Ferro "Rolan Garros"ga tayyorlanmoqda

  • 20 may, 2019, 15:26
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Frantsiyaning Strasburg shahrida xotin-qizlar o‘rtasida "Internationaux de Strasbourg" musobaqasining birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Tuproq qoplamali kortlarda o‘tayotgan mazkur turnirda mezbonlar vakili Fiona Ferro tailandlik Lyuksika Kumxumni 6:3, 6:1 hisobida taslim qildi.

Shuningdek ikkinchi davra yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda shveytsariyalik Rebekka Peterson polshalik Magda Linettni 6:7, 6:1, 6:3 hisobida enggan bo‘lsa, xitoylik Van Tsyan esa amerikalik Jennifer Bredini 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!