"Fiorentina"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Juzeppe Yakini "Fiorentina" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda
Eslatib o‘tamiz, “binafsharanglilar” 21 dekabr kuni Vinchentso Montellani iste’foga chiqarishgan edi.
Aytish lozimki, Yakini uchun “Fiorentina” begona emas. Boisi, u 1989-1994 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, “Fiorentina” ayni damda 17 ta o‘yindan so‘ng 17 ochko to‘plagan holda A Seriya musobaqa jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar