
Firmino "Al-Axli"ni tark etishi mumkin!
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Al-Ahli"da o‘ynayotgan Roberto Firmino yanvar oyidagi transferlar oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, braziliyalik forvardga “Al-Ittifoq” va “Ash-Shabab” klublari qiziqish bildirmoqda. Klublar Robertoni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Firmino o‘tgan yozda "Al-Ahli"ga o‘tgan edi. Joriy mavsum Roberto Saudiya Arabistoni jamoasi tarkibida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar