Flik “Barsa”dan ketmoqchi

  • 09.02.2026 06:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik mavsum yakunlangach, agar amaldagi prezident Joan Laporta oʻz lavozimiga qayta saylanib, ishini davom ettirmasa, klubni tark etishi mumkinligini taʼkidladi.

Bu haqida Marca nashri xabar berdi.

Manba maʼlumotlariga koʻra, nemis mutaxassisi oʻzini Laporta jamoasining bir qismi, deb hisoblaydi va prezident qayta saylansa, shartnomani uzaytirishga tayyor.

Biroq 1 iyul kuniga qadar bu borada hech qanday qadam qoʻyilmaydi.

Shuningdek, “Barselona” prezidentligiga saylov Laportaga raqobatchilik qiladigan nomzod Viktor Font oʻzi gʻalaba qozoongan taqdirda ham Flikni klubda qoldirish istagini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!