Flik: «Barselona» Alvaresni oladi yoki hozirgi tarkib bilan qoladi»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Atletiko» hujumchisi, argentinalik forvard Xulian Al’varesni jamoaga olib kelish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
«Bu mavzuda juda ko‘p gapirishni istamayman. Hozirgi vaziyat shundayki, yoki biz Xulianni olamiz, yoki tarkibimizda bor futbolchilar bilan qolamiz. Jamoamga to‘liq ishonaman, shuning uchun yechim topa olamiz. Deku o‘z ishini juda yaxshi bajaryapti», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Ma’lumki, yozda «Barselona» hujumchi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi, shundan so‘ng Ferran Torresni «PSJ» klubiga sotdi. Hozircha Flik ixtiyorida yagona to‘laqonli markaziy hujumchi bor — 18 yoshli Hamza Abdelkarim.
Avvalroq «sine-granatovye» Xulian Al’vares bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar