Flik "Barselona"ning "Atletiko"ga qarshi oʻyinda kambek qilishiga ishonmoqda
"Barselona" Ispaniya kubogi yarim finali doirasida safarda "Atletiko"ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va finalga chiqish vazifasi ancha mushkullashdi. Shunga qaramay, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasi imkoniyatlariga ishonishini bildirdi.
"Bu qiyin, ammo imkonsiz emas. Biz ishonishimiz kerak — eng muhimi shu. Biz uchun "Kamp Nou" muhim omil bo‘ladi. O‘z stadionimizda, agar birlashsak, hammasi mumkin", — dedi mutaxassis klub televideniesiga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, javob uchrashuvi 3 mart kubi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar