Flik “Barselona”ning yarim finalga chiqish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasi chorak final bosqichining javob uchrashuvi oldidan “Atletiko”ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi. Birinchi o‘yinda kataloniyaliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
“Avvalo, birinchi qadamni tashlashimiz kerak. Biz natija haqida emas, yaxshi o‘yin haqida o‘ylashimiz lozim. Jamoaviy o‘yin eng muhim omil. Bizda ham, raqibda ham kuchli futbolchilar bor. Ko‘p hollarda hammasi vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi”, — dedi Flik.
Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi Madridda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar