Flik Bastoni transferiga shubha bilan qaramoqda
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Alessandro Bastonining "Barselona"ga o‘tishi so‘roq ostida qolmoqda.
Insayder Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, transfer muzokaralari aynan Hans-Diter Flik sababli qiyinlashgan. Germaniyalik mutaxassis italyalik himoyachining o‘z taktika tizimiga to‘liq mos kelishiga shubha bilan qaramoqda.
Manbaga ko‘ra, Flik 27 yoshli futbolchining ayrim texnik jihatlaridan qoniqmagan.
“Barselona” sport direktori Deku bir necha oy davomida ushbu transfer ustida ish olib borgan edi, ammo hozir bitim barbod bo‘lishi mumkin. Flik klub rahbariyatidan bozorda boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Bastoni transferidagi yana bir asosiy muammo — futbolchining yuqori narxi va “Inter”ning muzokaralarda yon berishni istamayotganidir.

Fikrlar