Flik: "Ikkinchi bo‘limda ancha yaxshiroq o‘ynadik"

  • 07.02.2026 23:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga doirasida "Malyorka" ustidan qozonilgan yirik g‘alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Bernalning "Barselona" safidagi ilk golini urgani juda quvonarli. U og‘ir jarohatdan keyin qaytdi va bugun u uchun ajoyib kun bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda biz juda sekin o‘ynadik, o‘z uslubimizda harakat qilmadik. Ikkinchi bo‘lim esa ancha yaxshiroq chiqdi.

Hansi Flick, Head Coach of FC Barcelona looks on prior to the Copa del Rey Quarter Final match between Albacete Balompie and FC Barcelona at Estadio...

Uch ochko oldik, uchta gol urdik va o‘z darvozamizni daxlsiz saqladik – bu juda yaxshi kun. Tanaffus paytida futbolchilarning joylashuviga oid ayrim o‘zgarishlar kiritishga to‘g‘ri keldi", – dedi "Barselona" ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!