Flik «PSJ»ning asosiy ustunliklarini sanab o‘tdi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «PSJ»ning o‘yin uslubi va asosiy ustunliklari haqida fikr bildirdi. Jamoalar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida, 20 oktyabr, seshanba kuni Parijda o‘zaro bahs olib boradi.
«Luis Enrique boshchiligidagi jamoa fantastik futbol namoyish etmoqda. Uning o‘zi esa dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Menga ularning o‘yindagi yuqori sur’ati, pressingi, futbolchilarning pozitsiyalarini o‘zgartirib turishi va tizimining moslashuvchanligi juda yoqadi. Bu darajada ular shunchaki ajoyib o‘yin ko‘rsatishmoqda. Enrique fantastik ishni amalga oshirdi», — deya Flikning so‘zlarini Yahoo nashri keltirdi.
Har ikki jamoa Chempionlar ligasining dastlabki ikki turidan keyin 6 ochkodan jamg‘argan va peshqadamlar qatorida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar so‘nggi bor 2025 yil yanvar oyida Ispaniyada to‘qnash kelishgan. O‘shanda parijliklar 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zongan edi.

Fikrlar