Flik Reşforddan voz kechib, “Siti”dan oʻyinchi oladi

  • 24.02.2026 15:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Transfer huquqi “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan qanot hujumchisi Markus Reşford hozirda “Barselona” jamoasi safida ijarа asosida o‘ynamoqda.

Mavsum tugagach, kataloniyaliklar uni “Manchester Yunayted”dan to‘liq sotib ola oladimi-yo‘qmi, bunisi hozircha aniq emas.

Shu bilan birga, El Nacional nashrining xabar berishicha, “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik, agar klub o‘zi ko‘zlagan boshqa futbolchini olib bersa, Reşforddan voz kechishga tayyor.

Gap “Manchester Siti” vakili Savio haqida ketmoqda. Aytilishicha, Flik taktik nuqtai nazardan braziliyalik hujumkor futbolchi uning o‘yin tizimiga yaxshiroq mos tushadi, deb hisoblamoqda.

21 yoshli Savio hozir “Manchester Siti” tarkibida yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Chunki uning pozitsiyasida Jeremi Doku va Antuan Semenyo samaraliroq o‘yin namoyish qilayapti.

Savioning transfer qiymati taxminan 45 million yevro, deb baholanmoqda. Ammo “shaharliklar” o‘tgan yozda uni “Tottenxem”ga 70 million yevroga ham bermagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!