Flik tartibni buzgan Rafinyani jazoladi

  • 14.09.2025 23:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" La Liga doirasida o‘z maydonida "Valensiya"ga qarshi o‘yin o‘tkazmoqdi.

Jamoa vingeri Rafinya "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibidan joy olmadi - braziliyalik futbolchi o‘yinni zaxirada boshladi.

"RAC1" nashrining xabar berishicha, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinyani dastlabki daqiqalardan maydonga tushirishni mo‘ljallagan. Biroq, nemis murabbiy braziliyalik futbolchini o‘yinoldi mashg‘ulotga kechikib kelgani uchun jazo tariqasida asosiy tarkibdan chiqarib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!