Flik va oʻyinchilar “Barsa”ning asosiy muammosini topdi
“Barselona” bosh murabbiy Hans-Diter Flik “Atletiko” va “Jirona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlardagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa o‘yinidagi pasayishlar sababini topdi.
Diario Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Hans-Diter Flikning muammolar bo‘yicha qarashlari o‘z shogirdlarinik bilan bir xil chiqdi. Ular jamoa qo‘llayotgan usul – yuqori chiziqli himoya muvaffaqiyatsizlarga asosiy sabab emas, degan xulosaga kelgan.
“Barselona”ning asosiy muammosi – pressingda yetarli darajada kontsentratsiya va intensivlik yetishmasligida. Bu kamchilik jamoaning oxirgi ikki o‘yinida salbiy natija qayd etilishiga olib keldi.
Pressingdagi muammolar sababli kataloniyaliklarga xos bo‘lgan o‘yin tizimi so‘nggi vaqtlarda juda zaif ko‘rina boshlandi.
Fikrlar