Flik: “Vinisiusdek futbolchi finalda bo‘lgani yaxshi”

  • 12 yanvar, 03:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real Madrid"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Germaniyalik mutaxassis finaldagi rejalari va o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 
 
“Biz "Santyago Bernabeu"da yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Shu bois, o‘sha uchrashuvda qanday o‘ynagan bo‘lsak, ertaga ham shunday harakat qilamiz. O‘yin uslubimizni o‘zgartirishimizga hech qanday sabab ham yo‘q. Men faqatgina shogirdlarimdan jamoa bo‘lib o‘ynashlarini xohlagan bo‘lar edim. Shu bilan birga biz diqqatimizni jamlashimiz kerak, 0:4 hisobidagi g‘alabani esa ertangi final oldidan unutishimiz zarur. 
 
Agarda Vinisiusning diskvalifikatsiyasi haqida gapiradigan bo‘lsam, har bir futbolchi finalda qatnashishi ikki jamoa uchun ham muhim. Biz ertaga Juniorga hech qanday qo‘pol o‘yin ko‘rsatish niyatimiz ham yo‘q. Shu sababli, ikki jamoaga ham omad tilab qolaman” – dedi kataloniyaliklar bosh murabbiyi. 
 
Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida “qirollik klubi” bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!