Flik: "Yamal ikkinchi bo‘limda ancha kuchli o‘ynadi"

  • 08.02.2026 02:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Malyorka"ga qarshi oʻyinda (3:0) Lamin Yamalning harakatlariga baho berdi.

18 yoshli vinger 61-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urdi va hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. 78-daqiqada u Runi Bardagji bilan almashtirildi. Oradan koʻp oʻtmay Mark Bernal kataloniya jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

"Birinchi boʻlimda Yamal eng yaxshi oʻyinini koʻrsata olmadi, ammo tanaffusdan keyin ancha kuchli harakat qildi. Lamin futboldan zavq oladi, biroq biz uni almashtirishga qaror qildik, chunki allaqachon payshanba kuni navbatdagi oʻyin bor", – dedi Flik.

12 fevral kuni "koʻk-anorranglilar" Kubok yarim finali doirasida ikki oʻyinlik qarama-qarshilikning ilk bahsida Madridda "Atletiko" mehmoni boʻladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!