
Flikning yordamchisi: "Garchi ochko ololmagan bo‘lsak-da, mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdik"
La Liganing 18-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Atletiko" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda Simone shogirdlari so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishdi.
Dastlab, Pedri mehmonlar jarima maydonchasi ichiga ajoyib tarzda rib kirdi va hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida esa De Paul uzoq masofadan zarba yo‘llab, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda esa Syorlot g‘alaba golini urdi. Uchrashuvdan so‘ng Xans-Diter Flikning yordamchisi Markus Sorg mag‘lubiyatga izoh berdi.
"So‘nggi daqiqalarda butunlay boshqacha o‘yin bo‘ldi. Bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ularni golga aylantira olmadik. Bu og‘ir mag‘lubiyat. Lekin shuni aytmoqchimanki, garchi ochko ololmagan bo‘lsak-da, mavsumning eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdik", - dedi mutaxassis.
Ushbu uchrashuvdan keyin “matraschilar” 41 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamga aylandi. "Ko‘k-anorranglilar" 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar