
Floyd Meyvezer Konor Makgregorni jangga chorlamoqda
Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning faoliyatini yakunlashi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
"Yanglishmayotgan bo‘lsam, sen Mayk Taysonga meni revansh jangida mag‘lub etishing haqida gapirgansan, endi esa o‘zing ortga chekinyapsanmi? Sen eng kuchlini mag‘lub etishni xohlayapsan deb o‘ylagandim.
Agar fikring o‘zgarib, revansh uchun qaytmoqchi bo‘lsang, seni yana bir marotaba jazolayman, seni kutaman", - deya yozib qoldirgan Meyvezer o‘zining Instagram sahifasida.
Fikrlar