Floyd Meyvezer Yaponiyada jang qiladi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer kelasi yil Yaponiya poytaxti Tokioda jang o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Jang 2021 yil fevral oyida bo‘lib o‘tishi kerak, deb xabar bermoqda Essentially Sports.
43 yoshli amerikalik faoliyati mobaynida 50 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Ulardan 27 tasi nokaut bilan yakunlangan. Shuningdek, u UFC jangchisi Konor MakGregor hamda yaponiyalik professional kikboksingchi Tensin Natsukavani ham boks bo‘yicha bo‘lgan o‘zaro to‘qnashuvda mag‘lub etgandi.
Fikrlar