Asosiy mazmunga oʻtish

Floyd Meyvezerga hujum qilishdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Boks afsonasiga noma’lum shaxslar hujum qildi.

47 yoshli amerikalik professional bokschi kichik Floyd Meyvezer bilan g‘alati holat yuz berdi.

"The Sun" nashrining yozishicha, sobiq bokschi zargarlik do‘konidan chiqib ketayotganda hujumga uchragan. Bir guruh noma’lum shaxslar Meyvezerni irqiy tomondan haqoratlab, kaltaklashga uringan. Hujum Meyvezerning Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha pozitsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Chunki bokschi zargarlik do‘koni yaqinidagi janjal paytida Isroilni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanishini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Floyd  Meyvezer beshta vazn toifasida chempion bo‘lgan afsonaviy bokschi hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q