Formula-1. 4 karra Jahon chempioni Sebastyan Fettel mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

  • 29 iyul, 2022, 13:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

Formula-1 bo‘yicha 4 karra Jahon chempioni, "Aston Martin" piloti Sebastyan Fettel 2022 yilgi mavsum oxirida katta sportdan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bermoqda.

Tecno

Nemis poygachisi faoliyatini "BMW Sauber" jamoasida sinov haydovchisi sifatida boshlagan va 2007 yilda seriyada debyut qilgan. O‘sha yili "Tor Rosso"ga o‘tib, 1 yil bahslarda ishtirok etgan va 2009 yilda "Red Bull" bilan shartnoma imzolagan.

Uning katta g‘alabalari o‘shandan so‘ng boshlangandi. Ya’ni, Sebastyan 2014 yilga qadar 4 marta chempionlikni qo‘lga kiritadi. 2013 yilda u Formula-1ning eng yosh chempioniga aylangandi.

2015-2020 yillar oralig‘ida "Ferrari", 2021 yilgi mavsumdan e’tiboran "Aston Martin" poygachisi sifatida bahslarda ishtirok etayotgandi.

Shuningdek, Fettel 3 karra Formula-1 vitse-chempioni, 1 bor bronza medali sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!