Formula-1: Avstraliya Gran-prisi. Birinchi va ikkinchi erkin amaliyot o‘z nihoyasiga yetdi

  • 06.03.2026 15:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

Formula-1'ning 2026 yilgi mavsumi start oldi. Bugun 6 mart kuni Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tkazilayotgan Gran-prining birinchi va ikkinchi erkin amaliyotlari o‘z nihoyasiga yetdi. Birinchi amaliyotda eng tezkor natija ko‘rsatgan uchlik Sharl Lekler (“Ferrari”), Lyuis Xemilton (“Ferrari”) va Maks Verstappen (“Red Bull”) bo‘lishdi. 

Ikkinchi amaliyotda eng tez vaqt ko‘rsatgan poygachi Oskar Piastri (“Maklaren”) bo‘ldi. Avstraliyalik poygachi 1:19.729 natija ko‘rsatdi. Ikkinchi va uchinchi eng tezkor aylananı “Mersedes” poygachilari Andrea Kimi Antonelli va Jorj Rassell qayt etishdi.

Image

Image

Eslatib o‘tamiz, shanba 7 mart kuni uchinchi erkin amaliyot va saralash bosqichlari o‘tkaziladi. Yakshanba, 8 mart kuni Avstraliya Gran-prisi poygasiga start beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!