Formula-1 tarixidagi eng zo‘r poygachilardan biri faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 13.05.2026 18:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

41 yoshli britaniyalik poygachi, Formula-1'ning yetti karra chempioni Lyuis Xemilton Buyuk Britaniya Gran-prisi - 2026 musobaqasida o‘z faoliyatini yakunlashini e’lon qiladi, bu haqida niderlandiyalik jurnalist Lyuis Dekker xabar berdi.

"Silverstounda Lyuis Xemilton muhim yangilikni e’lon qiladi. O‘ylaymanki, Xemilton 2026 yildgi mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashini ommaga ma’lum qiladi", - deya Dekkerning so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘idagi Sportskeeda nashri keltirmoqda.

Lyuis 2007 yildan beri Formula-1'da ishtirok etib kelmoqda, o‘shanda u Britaniyaning "Maklaren" jamoasi tarkibida debut qilgan va u yerda 2008 yilda birinchi chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2013 yildan beri Xemilton “Mersedes”ni boshqargan va u yerda yana oltita chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2025 yildan boshlab britaniyalik "Ferrari" poygachisiga aylandi.

Poygachi avtosportning eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. U faoliyati davomida 384 ta Gran-prida ishtirok etgan. Ulardan 105 tasida marraga birinchi kelgan bo‘lsa, 203 marta shohsupaga ko‘tarilgan. Lyuis Formula-1 tarixida eng ko‘p g‘alaba qozoongan haydovchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!