Asosiy mazmunga oʻtish

Formula-1. Verstappen Las-Vegasda g‘alaba qozonib, Norris bilan oradagi farqni qisqartirdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Niderlandiyalik poygachining bu g‘alabasi uning faoliyatidagi 69-g‘alabasi bo‘ldi

Formula-1’ning 2025 yilgi mavsumining 22-bosqichi o‘z nihoyasiga etdi. Las-Vegas Gran-prisida "Red Bull" poygachisi Maks Verstappen poygani ikkinchi pog‘onadan boshlab, marraga birinchi bo‘lib etib keldi. Poyga startida birinchi qayrilishda xato qilib, liderlikni 4 karra jahon chempioniga berib qo‘ygan Lando Norris finish chizig‘ini ikkinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Niderlandiyalik poygachining bu g‘alabasi uning faoliyatidagi 69-g‘alabasi bo‘ldi. 

Image

Shu tariqa, poygachilar o‘rtasida jahon chempionligi uchun kurashda Norris jamoadoshi Oskar Piastridan 30 ochkoga oldinda bormoqda, Maks Verstappen esa, Lando bilan oradagi farqni 42 ochkogacha qisqartirdi. Navbatdagi Qatar Gran-prisida "Maklaren"ning britaniyalik piloti jamoadoshiga 12 ochko, amaldagi jahon chempioniga esa 17 ochkoni boy bermasa, muddatidan oldin jahon chempioniga aylanadi.

Image

Qatarning Lusail avtodromidagi bosqich 28 noyabrdan 30 noyabr oralig‘ida o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q