Fors nashri: O‘zbekiston jahon chempioni bilan muzokaralar olib bormoqda, biz esa hamma narsada dunyodan orqadamiz

  • 18 iyul, 15:32
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Fors nashrlari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Yoaxim Lyov olib kelinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. 

- Biz Galenoi va Afozali bilan birgalikda Mundialga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda O‘zbekiston terma jamoasi 2014-yilgi Mundial g‘olibi bo‘lgan murabbiy Yoaxim Lyov bilan kelishuvga erishdi. Nemis mutaxassisi tez orada O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. 

- Biz har jabhada dunyodan ortda qolyapmiz. 


Bundan tashqari, Parsfootball.com nashri "Paxtakor klubi rahbari Jahongir Ortiqxo‘jaev hamda Yoaxim Lyov tushgan suratni joylashtirib, shunday izoh yozib qoldirgan: 

"Ayni paytda "Paxtakor" rahbarining Lyov bilan qo‘l berib ko‘rishgan surati e’lon qilingan, bu uning O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan muzokaralaridagi muvaffaqiyatidan dalolatdir". 

Bu surat aslida 2024 yilning 4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda aylangan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
18/07/2025 23:02
халкини алдаб бойиган бир хароми пиар учун биронтаси билан расмга тушса, бундан халкка нима фойда?
халкини хакини четга сочиб келаяпди, холос