"FourFourTwo": Chempionlar ligasi tarixida eng kuchli g‘olib — 2009 yilgi "Barselona"
Britaniyaning mashhur "FourFourTwo" jurnali Chempionlar ligasi hozirgi formatda tashkil etilgandan buyon barcha g‘oliblarni baholab, eng yaxshisini aniqladi. Nashr jamoalar tarkibi, g‘alaba yo‘lidagi o‘yini va kampaniyaning qanchalik esda qolarli bo‘lganini asosiy mezon sifatida oldi.
Reyting quyidagicha shakllandi:
"Barselona" (2009)
PSJ (2025)
"Manchester Siti" (2023)
"Manchester Yunayted" (1999)
"Bavariya" (2020)
"Barselona" (2015)
"Real Madrid" (2018)
"Real Madrid" (2017)
"Bavariya" (2013)
"Ayaks" (1995)
Shu tariqa, Pep Gvardiola qo‘l ostidagi 2009-yilgi "Barselona" Chempionlar ligasidagi eng kuchli g‘olib deb topildi.



Fikrlar