Foydalanilmagan penalti, qizil kartochka va 7 ta gol bo‘lgan o‘yinda "Atletiko" g‘alaba qozondi

  • 13 fevral, 2022, 03:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 24-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Xetafe" o‘yini nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda Madrid klubi 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Matraschilar" safida Korrea dubl qayd etgan bo‘lsa, Kunya va Ermoso bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mehmonlar tarkibida Enes Unal ham dublni rasmiylashtirdi. Yana bir gol Borxa Mayoral tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa, qiyinchilik bilan g‘alaba qozongan Simeone shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 39 taga etkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 26 ochkosi bor "Xetafe" hozircha 14-pog‘onada bormoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!