Franki de Yong faoliyatini qaerda davom ettirishni hal qildi

  • 27.08.2026 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Franki de Yong «Barselona»da qolishni tanladi. «Barselona» yarim himoyachisi Franki de Yong o‘z kelajagi borasida qaror qabul qildi. 

Niderlandiya terma jamoasi a’zosi Kataloniya klubida qolish istagini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati ham futbolchini jamoada saqlab qolish tarafdori.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari yozishicha, «Manchester Siti» de Yongni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqqan. Biroq futbolchining jarohat olishi angliyaliklar rejasini o‘zgartirgan va shundan so‘ng «Siti» boshqa nomzodlarga e’tibor qaratgan.

Franki de Yongga qiziqish bildirgan klublar orasida PSJ va «Yuventus» ham bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!