
Frantsiya: Burni singan Mbappe bo‘yicha yakuniy qaror
Frantsiya futbol federatsiya Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionati doirasida Avstriya va Frantsiya o‘rtasidagi uchrashuvda burnini sindirib olgan Kilian Mbappening ahvoli haqida bayonot berdi.
Dyusseldorfdagi uchrashuvining ikkinchi yarmida Kilian Mbappe burnini sindirib oldi.
Frantsiya terma jamoasi sardori doktor Frank Le Gall va shifokorlar guruhi birinchi yordamni ko‘rsatdi va futbolchining burni singanini qayd etdi.
Endi Mbappe bir necha kun davolanadi. Yaqin kunlar ichida jarohat operatsiya qilinmaydi. Unga maxsus himoya niqobi tayyorlab beriladi. Bu uning davolanishdan keyin tezroq maydonga qaytishiga yordam beradi, - deyiladi futbol federatsiyasi bayonotida.
Frantsiya terma jamoasi “D” guruhida Niderlandiya, Polsha va Avstriya futbolchilari bilan raqobatlashmoqda.
Fikrlar