Frantsiya kubogi. "Lion" ishonchli hisobda zafar quchdi. Endrikdan supergol
Frantsiya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan bellashuvda "Lion" klubi "Laval" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.
Bellashuvning 80-daqiqasida Endrik chiroyli tarzda gol urib, hisobni ochishga erishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchi o‘tib borayotganda esa Afonsu Moreyra farqni 2 taga yetkazib qo‘yib, o‘yinga nuqta qo‘ydi hamda jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Fikrlar