
Frantsiya telekanali Messini qiyofadoshidan ajrata olmadi (FOTO)
Frantsiyaning M6 telekanali "Barselona" forvardi Lionel Messini uning eronlik qiyofadoshi Reza Parastesh bilan almashtirib yubordi.
Telekanal o‘z shaxsiy byudjetidan koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qilgan mashhur sportchilar haqida efirga uzatgan lavhasida mashhur tennischi Rojer Federer va Reza Parasteshni suratini qo‘yib yubordi. Ular ana shu paytda argentinalik futbolchi va uning eronlik qiyofadoshini almashtirib qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi koronavirusga qarshi kurashish uchun Barselona kasalxonalariga 1 mln evro xayriya qildi.
Fikrlar