Frantsiyada qurollangan fanatlar klub bazasiga bostirib kirdi

  • 16.04.2026 12:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning “Reyms” futbol klubi matbuot xizmati orqali qurollangan muxlislar klub bazasiga kirib kelganini ma’lum qildi.

Hodisa Frantsiya chempionatining Liga 2 divizionidagi oʻyinidan keyin sodir boʻlgan, unda “Reyms” futbolchilari safarda “Laval” bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan.

- Bir guruh shaxslar, ayrimlari niqobda va qoʻlbola qurollar koʻtarib, jamoaning Lavaldan qaytishini kutish uchun klub markaziga kirib kelishdi. Bunday usullar mutlaqo qabul qilib boʻlmaydi va butun klubni qattiq larzaga soldi.

Bir necha oydan beri, klub muloqotga tayyor boʻlishiga qaramay, zoʻravonlik va qabul qilib boʻlmaydigan xatti-harakatlar kuchayib bormoqda. “Laval” bilan oʻyindan keyin qizil chiziq kesib oʻtildi.

Vaziyat nazoratdan chiqmasligi uchun huquqni muhofaza qilish organlarini chaqirishga toʻgʻri keldi. Biz muxlislarning noroziligi va ranjishini tushunamiz, ammo hech narsa qoʻrqitish, irqchilik va oʻlim tahdidlarini oʻqlamaydi.

Biz bunday harakatlarni ochiq qora­lashni oʻz burchimiz, deb bilamiz. Klub bunday holatlar yana takrorlanmasligi uchun sud ishlarini boshlaydi. Biz ularning ahamiyatini kamaytirishni istamaymiz va fojia yuz berish xavfiga yoʻl qoʻymaymiz, - deyiladi  klub bayonotida.

“Reyms” oʻtgan mavsum yakuniga koʻra Liga 1dan tushib ketgan va ikkinchi divizionda 30 ta oʻyindan keyin  beshinchi oʻrinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!