
Frantsiyalik himoyachi faoliyatini "Al-Hilol"da davom ettirishi mumkin
Ushbu yozda katta transferlarni amalga oshirgan "Al-Hilol" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klubning keyingi maqsadi Lyuka Dinni o‘z safiga qo‘shib olishdir. Bu haqda "Sports Zone" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, Fabritsio Romano himoyachini "Aston Villa"ni tark etishini ma’lum qilgandi. Unga bir nechta klublardan qiziqishlar bor.
Birmengemliklar Dinning o‘rniga futbolchi qidirmoqda. Variantlar orasida "Sevilya" vakili Markos Akunya ham bor.
Fikrlar