Frantsuz Saloh haqida: "Bu qasos edi"

  • 29 may, 2022, 18:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Terri Anri Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Muhammad Salohni tanqid qildi. 

O‘yin oldidan "qizillar" vingeri 2017/2018 yilgi EChLdagi mag‘lubiyat uchun "Real"dan o‘ch olish istagi borligi haqida bir necha bor gapirgandi. 

"Biz bu haqda ko‘p gaplashganmiz. Asosiy maqsad - to‘pni darvozaga kiritish. "Real" darvozaga bitta aniq zarba berdi va gol urdi. Mersisaydliklar juda ko‘p bor zarba yo‘llashdi, ammo ular Kurtuaga to‘qnash keldi. 

Yarim finaldan keyin aytganlarimni eslaysizmi? Odamlar uni munosib e’tirof etishmaydi. Tibo dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U Edersondan yaxshiroq, finalda esa Kurtua buni isbotladi. 

Har doim buni aytganman. Final oldidan gapirishning hojati yo‘q. "Real"ni mag‘lub etib, keyin: "bu qasos edi", deb ayt. Agar siz final oldidan gapirsangiz, unda g‘alaba qozonishingiz kerak", - dedi Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!