
Frantsuzlar bittadan misli ko‘rilmagan uchta rekordni o‘rnatdi
2024 yilgi Evropa chempionatining saralash turniri doirasida Frantsiya terma jamoasi o‘z maydonida o‘tkazilgan bahsda Gibraltar darvozasini javobsiz 14 marotaba ishg‘ol qildi.
Statistika mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, bu natija Frantsiya terma jamoasiga uchta rekordni keltirdi.
Frantsiya – Gibraltar bahsi Evropa chempionati saralash turnirlari tarixida eng ko‘p to‘p kiritilgan uchrashuv bo‘ldi. Avvalgi rekord Germaniya a San-Marino o‘rtasidagi bahsda qayd etilib, o‘yin 13:0 hisobi bilan yakunlangan.
Frantsiya terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yirik hisobga erishdi. Avvalgi rekord Frantsiya – Ozarbayjon 10:0 hisobi bo‘lgan.
Uchrashuv natijasi Evropa chempionati saralash turnirlari tarixidagi eng yirik hisob sifatida tarixga kiritildi. Avvalgi rekord Germaniya va San-Marino bahsidagi 13:0 natijasi bo‘lgan.
Fikrlar