Frank Lampard London klubini boshqarishi mumkin

  • 21.01.2026 18:29
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi afsonasi Frenk Lempard Londonning "Kristal Pэlas" klubida ish boshlashi mumkin.

Tecno

Xabarlarga koʻra, angliyalik mutaxassis Londonning "Kristal Pэlas" klubini boshqarishi mumkin. Oliver Glasner "burgutlar"ni tark etgan taqdirda, Lempard klubni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda. Glasner yaqindagina matbuot anjumanida yangi chaqiruvlarni qabul qilish istagini bildirgan. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Ayni damda Frenk "Koventri Siti" jamoasini boshqarib bormoqda.

Maʼlumot uchun, "Koventri Siti" ayni vaqtda Chempionship turnir jadvalidа yetakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!