Frenki de Yong “Barsa”ni “tupik”ga tiqib qo‘ydi
“Barselona” rahbariyati anchadan beri niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongning masalasini hal qila olmayapti.
28 yoshli futbolchi o‘ziga qudratli klublardan taklif bo‘lgan payt Kataloniyadan ketishni istamadi. Klub katta maosh olayotgan o‘yinchining qolishiga qarshi emas, lekin shartnomani yangilab qo‘ymoqchi. Muzokaralar juda sust ketmoqda. Shu bois, Frenki de Yong o‘zining manfaatlarini himoya qilib kelayotgan agent Ali Dursunni ishdan bo‘shatdi.
AS nashrining yozishicha, bu holat “Barselona” mutasaddilarini “tupik”ga tiqib qo‘ydi. Ular hamkorlik bo‘yicha muzokara kim bilan qanday olib borishni bilmayapti. Chunki ayni paytda Frenki tomonidan muzokara olib boradigan birorta rasmiy vakil yo‘q.
Endi kataloniyaliklar 2019 yildan beri “Barselona”da o‘ynab kelayotgan niderlandiyalik yulduz o‘ziga yangi futbol agenti olishini kutishga majbur.
Fikrlar