Franki de Yong hanuz jarohatdan to‘liq tuzalmagan!
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohatdan tiklanish jarayonida. 28 yoshli futbolchi fevral oyi oxiridan buyon tizza osti payining shikastlanishi sabab maydonga tusha olmaydi.
"Que T'hi Jugues" ma'lumotlariga ko'ra, niderlandlik futbolchi Chempionlar ligasi chorak finalida Madriddning “Atletiko”siga qarshi birinchi uchrashuvga tayyor bo'lmaydi. Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Espanyol"ga qarshi bahsga futbolchining qaytishi rejalashtirilgan, ammo bosh murabbiy Hans-Diter Flik bu o'yinda ham uni ehtiyot uchun safarbar qilmasligi mumkin.
Shanba kuni "ko'k-anorranglilar" chempionat doirasida "Atletiko" mehmoni bo'lib, g'alaba qozondi (2:1). Chorshanba kuni Chempionlar Ligasida "matraschilar" bilan uy jangi, 11 aprel kuni esa "Espanyol" bilan derbi bo'lib o'tadi.
Fikrlar