Futbol afsonasi hozirgi kunda eng zo‘r besh yarim himoyachini aniqlab berdi
Angliya milliy terma jamoasi va “Manchester Yunayted”dagi o‘yinlari bilan futbol afsonasi darajasiga ko‘tarilgan Pol Skoulz zamonaviy futboldagi eng zo‘r yarim himoyachilar nomini aytdi.
Skoulz tuzgan reytingda birinchi o‘ringa “Barselona” vakili Pedri loyiq ko‘rildi. Pol Kataloniya klubida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Pedrini o‘zining eng sevimli o‘yinchisi, deb atadi.
Angliyalik afsona ikkinchi o‘ringa yana bir ispan futbolchisi – “Manchester Siti”da o‘ynab kelayotgan “Oltin to‘p” sohibi Rodrini joyladi.
Shuningdek, PSJning portugaliyalik legioneri Vitinya, “Liverpul”ning argentinalik yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister hamda “Barselona”ning niderlandiyalik o‘yinchisi Frenki de Yong ham Pol Skoulz tomonidan alohida e’tirof etildi.
Fikrlar