Futbol "bilimdon"lari maslahatdan tiyilsinlar! "Nasaf" prezidenti Berdievga oxirigacha ishonishini aytdi

  • 31 avgust, 2022, 00:12
  • Karim Xudayqulov
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha Superliganing 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” uchrashuvining so‘ngi daqiqalarida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdievning uchrashuv bosh hakamiga e’tiroz bildirgani bugun OAV va keng jamoatchilikda muhokamaga sabab bo‘ldi. Ushbu voqeaga Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi direktori, “Nasaf” futbol klubi prezidenti Shuxrat Aslanov ham o‘z munosabati bildirdi:

- Ro‘ziqul Berdiev o‘zi xohlagan muddatgacha klubda faoliyat olib boradi. Klub rahbariyati unga va murabbiylar shtabiga to‘liq ishonadi. "Nasaf" Ro‘ziqul Berdiev bilan O‘zbekiston chempionatining to‘rt karra bronza, ikki karra kumush medallari, ikki karra O‘zbekiston Kubogi va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritganini jamoamiz muxlislari esdan chiqarmasliklari kerak, deb o‘ylayman. Kechagi bellashuvdan so‘ng “Nasaf” va uning atrofida klub nomi orqali o‘ziga e’tiborni jalb qiluvchilar ko‘payganligi va bu aynan klubning oxirgi yillardagi omadli ishtiroki sababli deb bilaman. So‘nggi paytlarda klubimiz haqida “qayg‘urayotgan” turli futbol “bilimdon” laridan maslahatlardan biroz tiyilishlarini so‘rab qolardim.

- Jamoamiz joriy mavsumda milliy chempionatimizda chempionlik uchun kurashmoqda va bu yilgi chempionat har qachongidan ham qizg‘in kechmoqda. Jamoa xalqaro maydonda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qildi va pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu sababli jamoamizning haqiqiy muxlislaridan biroz sovuqqon bo‘lishlarini, har qanday holatda ham futbolchilar va murabbiylar shtabini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman. Zero, haqiqiy muxlis, omad kelmaganida ham o‘z sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlashi lozim”.

                                                                                                                                        "Nasaf" matbuot xizmati 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Suxrob Abdunazarov
31/08/2022 05:48
Oxirgi vaqtlarda Nasafni omadi kelmaganidan norozi bo'lib,
Nasafga mag'zava ag'darmoqchi bo'layotganlarga bir gapimni yozmoqchiman!!!

Sizlarning fikrlarizcha,
Nasaf g'alaba qozonsa zo'rda,
Omadi kelmay qolganda ko't-a!?

Shundaymi????

Ozroq ERKAKKA O'XSHAB YASHANGLAR!!!
&
Турсунов Рамазон
31/08/2022 14:53
Олга Насаф Олга Рузукул биз сан билан..Нохакликка уйин билан Диёр файласуфга уйин билан жавоб берайлик.Мухлисла сизла билан сизлани шунинг учун яхши курамиз.Чемпиён НАСАФ олга узингни курсат.Вилоят хокимиздан озрок этибор беришларини куллаб куватлашлариниОЛОХдан сураб коламиз.НАСАФ чемпиён.ДИЁР санга ланатла жазосини оллох беради.Сани кулингда кулибни Рузикулни жазолаш келади холос сени ОЛЛОХ жазоласин.
&
Турсунов Рамазон
31/08/2022 14:35
Качонгача Насафга нохаклик килишади.Насаф пиризенти булиб нима килаяпсан.Пулку беролмайсан .Тошкентдан куркиб хеч булмаса АКМК билан уйиндан кейн ДИЕР деган файласуфдан хакамни жазолашди хам сурормадингла хакамни уйиндан четлатибкатта молиявий жазо куллаш керак эди.Шуни хам киломадингла.Факат Рузукулни кундалак килиб томоша килиб турасанла хайиб санлага.Энди мухлисла пиризденга мурожат килишимиз керак.Диер дегани УФАдан кетса футбол ривожланади.Вилоят хокими кайёка караяпти. Наманган хокими Набахорга ёрдам бераяптику.Биздаки имкония канча нефт канча газ хеч кайси вилоятда йук.Мана сизлага хакикат.Киссани тулдирмай Насафга ёрдам берсангла шу холат келиб чикмасди.Эсиз НАСАФ Эсиз Мухлислар буни каргиши ёмон булади.Азиз Асимовди Диёрни халкни каргиши урганини мухлисла курмаса ОЛЛОХДАН рози булмаймиз.
&
Zulunov Abdumutallib Adilovich
31/08/2022 12:21
Энди аста секинлик билан хаммаси ўз жойига тушадида. Насаф ўз юришини давом эттириш керак фақат камчиликларини устида ишлаб хатолардан хулоса чиқариб уларни такрорламаслиги керак.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/08/2022 00:17
tushunmadim. Klubni prezidenti ham muhlislarni gapiraptimin muhlisla Ruzi akadan norozi emas. muhlisla sudiyaladan norozi. nima uchun prezident shunchalik etibor berarkan. AGMK qarshi uyindaki sudiya ishi buyicha ohirigacha bormadi. yoki Fudbol muhlisla uchun emasmi.