Futbolchi “Arsenal”dan qochmoqchi

  • 27.11.2020 21:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” himoyachisi Ektor Belerin London klubining kelajagiga ishonmayapti va tez orada Italiyaga ko‘chib ketmoqchi.

Ispaniyalik futbolchi jamoaning  musobaqa jadvalida pastki pog‘onalarda borayotganidan norozi. U shuni ro‘kach qilib, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi. 25 yoshli futbolchi boshqa jamoalardan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Hozircha, joriy mavsumda APLda to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan ispan futbolchisiga “Inter” va “Yuventus”dan chorlov bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!