Futbolchi o‘yin vaqti olamdan o‘tdi
Burundi chempionati ikkinchi divizionining «Gepe dyu Lak» klubi futbolchisi Igiraneza Ayme Gerik o‘yin vaqtida fojiali tarzda halok bo‘ldi.
Bu haqda Sport News Africa nashri xabar berdi.
Hodisa Ngarage shahrida bo‘lib o‘tgan Burundi chempionatining “V” ligasi doirasidagi uchrashuvi davomida sodir bo‘lgan. Gerik maydonda to‘satdan hushidan ketgan. Tibbiy guruhlar aralashuviga qaramay, futbolchi shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lim sababi yarim himoyachi og‘zida sodib olgan va tasodifan yutib yuborgan tanga bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, bu tanga marhum o‘yinchiga omad keltirish uchun ishlatiladigan tumor bo‘lgan.
Burundi futbol federatsiyasi futbolchining oilasi va klubiga ta’ziya bildirib, rasmiy bayonot e’lon qildi, biroq o‘lim sababini ko‘rsatmadi.

Fikrlar