Futbolchilar maydonga "o‘t qo‘ygan" uchrashuvga o‘zi qancha muxlis tashrif buyurdi?

  • 28 avgust, 2022, 23:35
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Tecno

Mezbonlarning goli Jamshid Iskanderov nomiga qayd etildi. Mehmonlarning goliga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi. 

Shu tariqa, namanganliklar ochkolarini 33 taga etkazib olgan holda, Superliga turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.  "Sherlar" esa 32 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. 

Kesin kurashlarga boy o‘tgan va muhimligi jihatdan yil o‘yini deyilayotgan ushbu bellashuvga 16950 nafar muxlis tashrif buyurdi. 

Qayd etish lozim, ushbu jamoalar O‘zbekiston Kubogi chorak finali doirasida ham o‘zaro kuch sinashadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдурахман Абдувалиев
29/08/2022 21:58
Нотўғри малумот, сотилган билетлар сони бўлиши мумкин. Лекин деярли стадионда жой йўқ эди