
Futbolda 3 ta gol xet-trik, 4 ta gol poker deyiladi. 7 va 8 ta golchi?
Futbol gol bilan zavqli. Ko‘proq gol esa muxlislarning quvonchini yanada oshiradi.
Millionlar o‘yinida 2 ta gol dubl, 3 ta gol esa xet-trik ekanini ko‘pchilik yaxshi biladi. Lekin 6, 7 yoki 8 ta gol nima deb nomlanishi esa ko‘pchilik bilmasligi tabiiy hol. Quyida esa 2 dan 10 tagacha urilgan gollar futbolda nima deb nomlanishini yana bir bor yodingizga solib o‘tamiz:
2 ta gol – dubl
3 ta gol – xet-trik
4 ta gol – poker
5 ta gol – penta-trik
6 ta gol – geksa-trik
7 ta gol – septa-trik
8 ta gol – okta-trik
9 ta gol – nona-trik
10 ta gol – deka-trik.
Fikrlar