Futbolda pushti kartochkadan foydalanilishi mumkin. Bu tez orada amalga oshadi

  • 24 may, 2024, 15:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (KONMEBOL) rasmiylari turnir davomida hakamlar ihtiyorida sariq va qizil rangli kartochkalar bilan birga pushti kartochka ham bo‘lishini ma’um qildi.

KONMEBOL yozdagi turnirda pushti kartochkalardan sinov tarzida foydalanishga tayyorligini e’lon qildi.

Pushti kartochka futbolchida boshdagi jarohat yoki miya chayqalishi kabi holatlar shubha ostida bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bu jamoaga qo‘shimcha oltinchi o‘zgartirishni amalga oshirish huquqini beradi. Yangi qoida KONMEBOLning o‘yinchilar salomatligi va xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlarining bir qismi sifatida turnir oldidan qabul qilingan va agar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, butun Evropada qo‘llanilishi mumkin.

Simulyatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun futbolchisi pushti kartochka olgan jamoa shifokorlari 24 soat ichida KONMEBOLga rasmiy tibbiy xulosa taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Kopa Amerika turniri 20 iyundan 14 iyulga qadar AQShda bo‘lib o‘tadi.

 

Jahongir Inomjonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!