"Futures Cup" turniri. O'zbekistonga teng keladigan jamoa topilmadi!

  • 15.03.2026 17:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

8-15 mart kunlari Tailandning Bangkok shahri yoshl ar oʻrtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Bahslarda ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzolari 4 ta oltin, 5 kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.Ushbu natija vakillarimiz uchun musobaqaning “eng yaxshi jamoasi” boʻlish imkoniyatini kafolatladi. Umumjamoa hisobida bizdan keyin qoʻshnimiz Qozogʻiston va uchinchi oʻrin AQSh vakillariga nasib etdi.

Oltin medal:
-85 kg. Sardorbek Bahromxoʻjaev
-90 kg. Asadbek Sultonboev
+90 kg. Islom Salihov
-60 kg. Rushanabonu Isoeva

Kumush medal:
-75 kg. Suxrob Rahmatullaev
-51 kg. Nazokat Mardonova
-65 kg. Sevara Mamatova
-75 kg. Samira Turgʻunova
-80 kg. Asaloy Baxtiyorova

Bronza medal:
-50 kg. Abduğani Yorqinjonov
+80 kg. Nilufarxon Abduhoshimova

Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyor Toʻraboev, Elnur Abduraymov, Temur Axbaev, Eldor Xolmatov, Mirxon Sodiqov, Shahobbek Jʻoraev.

Jamoa menejeri: Mirzohid Numonov
Hakam: Maruf Urdushev

Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!