Futzal. Birinchi ligadagi braziliyalik futzalchi ilk o‘yinidayoq gol urdi

BEPUL PROPAN

Birinchi liga vakili BMB jamoasining braziliyalik legioneri Fernando de Souza bugun o‘z debyutini o‘tkazdi.

Jizzaxning "Dizak" jamoasiga qarshi o‘yinda u 35-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, u ilk o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu bahsda BMB klubi "Dizak" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Fernandodan tashqari Sunnat Kuralov va Shahzod Sadiev gollarga mualliflik qildi. Jizzaxliklarning yagona golini Sunnatillo Darxonov kiritdi.

Ayni payt, 10 ta bahsda 26 ochko to‘plagan BMB jadvalda 2-pog‘onadan joy olgan. 16 ochkoga ega "Dizak" 3-o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!